Restoran Telegram'i — butun jamoa uchun
Mijozlar restoraningiz Telegram akkauntiga yozadi — xabarlar laCafe panelida. Operatorlar akkaunt nomidan javob beradi, telefoningizdagi Telegram esa odatdagidek ishlayveradi.
Bepul · QR-kod bilan 1 daqiqada ulanadi
Telegram'dagi mijozlar — bir joyda
Bitta telefon, bitta odam emas: yozishmalarni butun jamoa ko'radi va javob beradi.
Akkaunt nomidan javob
Xodim panelda yozadi — mijoz restoran akkauntidan javob oladi. Kim javob bergani yoziladi.
Hamma turdagi xabarlar
Rasm, video, ovozli xabar, fayl, kontakt va joylashuv. Reply, tahrirlangan va o'chirilgan xabarlar ham.
Mijoz avtomatik topiladi
Telefon raqami bo'yicha laCafe mijoziga bog'lanadi: ismi, «Mijozga o'tish», topilmasa — bir bosishda yaratish.
Telefon bilan sinxron
Telefonda o'qilgani panelda ham o'qilgan. Yozishma ikkala tomonda bir xil — hech narsa yo'qolmaydi.
Bir nechta akkaunt
Har brend yoki filial uchun alohida akkaunt — hammasi bitta panelda, qidiruv va o'qilmaganlar soni bilan.
Rassilka
Akkauntga yozgan mijozlarga matn va rasm — hammaga, 30/90 kun ichida yozganlarga yoki laCafe segmentiga.
Tunda ham javob beradi, buyurtma ham oladi
Restoraningizning Claude yoki OpenAI ilovasi orqali ishlaydi: menyu, narxlar, filiallar va ish vaqtini biladi.
Bir daqiqada ulanadi
Bot emas — restoraningizning haqiqiy Telegram akkaunti. Mijozlar odatdagidek yozaveradi.
Akkaunt sizning nazoratingizda
- Telegram'dagi «Faol seanslar»da «laCafe Telegram Direct» ko'rinadi — istalgan payt uzish mumkin
- Sessiya shifrlangan holda saqlanadi, ikki bosqichli parol qo'llab-quvvatlanadi
- Faqat shaxsiy chatlar — guruh, kanal va botlar panelga tushmaydi
- AI faqat siz yoqsangiz yozadi; telefon bildirishnomalari o'chmaydi
- Ilovani o'rnatinglaCafe do'koni → Telegram Direct → «O'rnatish». Ilova bepul.
- Akkauntni ulangSozlamalar → Ilovalar → Telegram Direct → «Akkaunt ulash». QR-kod yoki telefon raqami + kod.
- Javob beringOxirgi 40 ta suhbat tarixi bilan yuklanadi — yangi xabarlar panelga darhol tushadi.
Ko'p beriladigan savollar
Bu Telegram bot emasmi?
Yo'q. Ilova restoraningizning oddiy Telegram akkauntiga ulanadi — mijozlar botga emas, akkauntga yozadi va javobni o'sha akkauntdan oladi.
Telefondagi Telegram ishlashda davom etadimi?
Ha. Ilova akkauntga qo'shimcha qurilma sifatida ulanadi. Telefonda ham, panelda ham yozishmalar bir xil.
Qancha turadi?
Telegram Direct bepul. AI yordamchi uchun restoraningizda Claude yoki OpenAI ilovasi ulangan bo'lishi kerak.
Qanday uziladi?
Panelda «Uzish» yoki telefoningizda Telegram → Sozlamalar → Qurilmalar → «laCafe Telegram Direct» → seansni tugatish.
Bir nechta akkaunt ulasa bo'ladimi?
Ha — har brend yoki filial uchun alohida akkaunt. Hammasi bitta panelda ko'rinadi.
Telegram'dagi mijozlarni yo'qotmang
Telegram Direct'ni o'rnating va xabarlarni jamoa bilan birga yuriting.
laCafe do'konida o'rnatish